O`zbekiston TIV YouTube’da o`z kanalini ochdi

11:17, 04 avgust

YouTube`da O`zbekiston tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali ochildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.  

«O`ylaymizki, TIVning rasmiy veb-sayti hamda Facebook’dagi sahifasi o`quvchilari endilikda YouTube’dagi kanalimiz orqali mamlakatimiz rahbariyatining tashqi va ichki siyosati, O`zbekiston va uning diqqatga sazovor joylari to`g`risida nafaqat matnli yangiliklar, balki foto va videoma`lumotlar bilan ham yanada yaqindan tanishishlari mumkin», — deyiladi xabarnomada.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!