Toshkent aeroportining yangi terminali Humo qushi ko`rinishida bo`ladi (Foto)

11:24, 04 avgust

O`zbekiston poytaxtining yangi xalqaro yo`lovchi terminali («Toshkent-4») uch yil davomida — 2019 yil so`ngiga qadar bunyod etiladi. Koreya Respublikasi hukumati ko`magida amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 336,443 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.  

Hozirgi «Toshkent-2» xalqaro terminali o`rnini egallovchi maydoni 86,94 ming kv. m bo`lgan «Toshkent-4» ishga tushirilganidan so`ng har yili 5,7 million yo`lovchini qabul qiladi oladi.

Mazkur ma`lumotlar koreys tomonidan 3 avgust kuni O`zbekiston hukumatiga etkazilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari (TIA) da o`z aksini topgan, deya xabar qildi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasi.

O`zbekiston hukumati 2015 yil mayda KOICA agentligiga Toshkent aeroporti loyihasi TIAsi va uni boshqarish bo`yicha master-planni ishlab chiqarish vazifasini topshirgan edi. O`tgan yili oxirida KOICA loyihani amalga oshirish uchun Inchon aeroporti boshchiligidagi beshta koreys kompaniyasidan tashkil topgan konsorsium (konsorsiumga Heerim Architects & Planners, Yooshin Engineering, EY Hanyong va Korea transport instituti ham kiritilgan)ni tashkil etdi.

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, koreys mutaxassislari Toshkent aeroporti infratuzilmasi va O`zbekiston aviasion sohasining hozirgi holatini baholash hamda “Toshkent-4” terminali qurilishi konsepsiyasini ishlab chiqish va rivojlantirish istiqbollari bo`yicha katta hajmli ishlarni amalga oshirdi.

Tomonlar loyiha qiymatini optimallashtirish bo`yicha ham ish olib bordi. Koreys mutaxassislarining fikr-mulohazalari va qo`shimchalari hisobga olingan holda TIA takomillashtirildi.

Loyiha bosh menejeri Kim Dong Chel (Inchon aeroporti) uni taqdim etar ekan, loyihachilar dunyodagi eng yaxshi aeroportlardan biri deb tan olingan Inchon aeroportini qurish va boshqarishda to`plagan tajribalariga asoslangan holda O`zbekiston hukumati talablariga javob beruvchi eng maqbul rejani tuzish hamda natijaga erishish uchun bor imkoniyatlarni ishga soldi.

UzReport xabariga ko`ra, dizaynerlar rejasiga ko`ra, yangi terminal qush parvoz qiladigan balandlikdan qanotlarini yoygan Xumoni eslatadi. U 36 samolyotga mo`ljallangan perron va 1700 mashinani sig`diradigan avtoturargohga ega bo`lib, bir soatda 1500 yo`lovchiga xizmat ko`rsata oladi.

“Toshkent-4” yo`lovchi terminali qurilishi bo`yicha investision loyiha o`tgan yili Prezident tomonidan tasdiqlangan 2015−2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo`l-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturiga kiritilgan. Loyiha bo`yicha qurilish-montaj ishlarini joriy yildan boshlash belgilangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!