Toshkentda yangi dehqon bozori qurilishi boshlandi

11:54, 04 avgust

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan TTZ-2 mavzesida katta dehqon bozori qurilish ishlari boshlandi, deb xabar berdi “Rodrobno.uz” nashri. Bu haqda nashr muxbiriga tuman hokimi Shomansur Ahmedov ma`lumot bergan.

Loyihaga asosan yangi bozor usti yopiq bir qavatli pavilon bo`lib, 800 ta savdo nuqtasiga ega bo`ladi. 

“Hozirda pudratchi aniqlangan, ayni vaqtda ob`ektning poydevori uchun chuqur qazildi. Yangi bozorning ochilishini yanagi yilning Navro`z bayramiga rejalashtirganmiz”, dedi tuman hokimi.

Bozorda go`sht, sut va meva-cheva mahsulotlarini sotish ko`zda tutilgan. Bundan tashqari mahsulotlarni sifatli saqlash uchun muzlatish kameralari o`rnatish ham hisobga olingan. 

Shomansur Ahmedovning ma`lumot berishicha, qurilish uchun bankdan kredit ajratilgan. Ilk hisob-kitobga ko`ra, hozircha qurilishga 7 milliard so`m pul sarflanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!