45 yoshli yaponiyalik model go`zalligi bilan Instagram`ni hayratga soldi(Foto)

12:11, 04 avgust

Raysa Xirako ismli yaponiyalik model yoshiga nisbatan ancha malohatli ko`rinishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi, deb yozadi “Lenta.ru”. 

45 yoshli modelning tashqi ko`rinishi 20 yoshli qizlarga o`xshaydi. Hozirda Raysaning Instagram`dagi akkauntini 97 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi. 

Tokio shahrida yashovchi ayol taniqli brendlar bilan hamkorlik qiladi va kliplarda suratga tushadi.Uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilari Xirakoning yoshini bilgach, hayratini yashirolmaydi. 

Ma`lum bo`lishicha, model sog`lom turmush tarzini kechirish orqali bunday natijaga erishgan. U shuningdek, o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga rasioni va o`zi foydalanadigan tabiiy kosmetika aks etgan suratlarni muntazam joylab keladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!