Bahrom Nazarov: “Ozodbek Nazarbekov menga qarindoshdan ham yaqinroq bo`lib ketgan”

12:35, 04 avgust

“Ayrildim”, “Pari-pari”, “Kechikish”, “Qaramading” kabi ko`plab xit taronalari bilan muxlislar qalbini zabt etgan xonanda Bahrom Nazarov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan qarindoshligi haqidagi savolga javob berdi: 

“Ustozim Ozodbek Nazarbekovga 18 yoshimda shogird tushganman. Shuncha yildan buyon ular menga qarindoshdan ham yaqinroq bo`lib ketgan. Ular men uchun bir ustoz qilishi mumkin bo`lgan barcha yaxshilikni qilib kelmoqdalar. ‘Istiqlol’ san`at saroyida ikki kunlik konsert dasturimning tayyorgarlik jarayonlaridan toki konsert yakuniga qadar dalda bo`lib, kamchiliklarimni ko`rsatib, har tomonlama qo`llab-quvvatlab turdi. Bu insondan umrbod qarzdorman, bu qarzni uza olmasam kerak”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!