Farg`onada Damas o`g`risi qo`lga tushdi

15:16, 04 avgust

Farg`ona shahar IIB navbatchilik qismiga xususiy tadbirkor ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Damas” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Marg`ilon ko`chasida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashinani olib qochganlikda gumonlanayotgan shaxs Marg`ilon shahrida yashovchi 41 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi. 

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!