Sochida poezd tagida qolib ketgan bola qutqarildi(Video)

15:53, 04 avgust

Sochi shahrida uch yoshli bolakay poezd g`ildiraklari tagida qolishiga bir necha soniya qolganda qutqarib qolindi. Bu lahzani kuzatuv kameralari videoga olgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Qarovsiz qolgan bolakay rels ustiga, og`ir yuk sostavining yo`liga chiqqan. Buni ko`rgan ikki temiryo`lchi uni qutqarishga shoshilgan. Poezd mashinisti ham rels ustida turgan bolakayni ko`rib, shoshilinch tormozni bosgan. Bola so`nggi lahzalarda, sostav yaqinlashishiga bir metr qolganda qutqarib qolingan. Oradan ancha vaqt o`tgach, voqea joyiga bolaning ota-onasi yugurib kelgan. Huquq-tartibot idorasi xodimlari surushtiruv ishlarini olib bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!