Toshkent Kichik halqa yo`lining Sharof Rashidov ko`chasi bilan kesishmasi yaqinida suv quvuri yorildi (Foto va Video)

16:04, 04 avgust

Toshkent Kichik halqa yo`lining Sharof Rashidov ko`chasi bilan kesishmasi yaqinidagi yo`l o`tkazgichga chiqish joyida suv quvuri yorildi. 4 avgust, payshanba kuni soat 12:00—12:30 oralig`ida yuz bergan hodisa foto va videolari Telegram’dagi ommabop guruhlarda tarqalib ketgan. Bu haqda “Daryo” nashri xabar bermoqda

 

Hodisa qanday yuz bergani, quvur qanday qilib yorilgani haqida aniq axborot yo`q. Telegram foydalanuvchilari tomonidan tarqatilgan videolarda yo`lning suv otilib chiqqan qismida katta teshik paydo bo`lganini ko`rish mumkin.

 

Hodisa natijasida kamida bitta Nexia avtomobiliga jiddiy zarar etgan, odamlar jabrlangani haqida aniq axborot yo`q. Quvurning yorilishi Kichik halqa yo`li va yondosh ko`chalardagi transport harakatiga ta`sir qilgan, tirbandliklar yuzaga kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!