Evropaning eng mashhur hakami Evro–2016 va EChL tatuirovkalarini chizdirdi

17:47, 04 avgust

Evropa Chempionlar ligasi va Evro–2016 turniri finallarini boshqargan Mark Klattenburg antiqa ishga qo`l urdi. Voqea haqida 101GreatGoals portali xabar berdi.

Angliyalik 41 yoshli referi Evropaning eng nufuzli turnirlari finallarini boshqarganini tarixga muhrlash uchun qo`liga har ikki turnir logotipi tushirilgan tatuirovka chizdirdi.

Mark Klattenburgga bo`lgan talab uning Angliya chempionati o`yinlarini boshqarganidan so`ng oshdi. Ushbu referi o`yinlarda deyarli xatolarga yo`l qo`ymaydi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!