Rio–2016 Olimpiadasi Braziliya uchun omadsiz boshlandi

09:00, 05 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining futbol musobaqasiga start berildi. Dastlabki turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.

Jumladan, Braziliya olimpiya terma jamoasi dastlabki turda JAR bilan to`qnash kelib, 0:0 hisobida durang o`ynadi. Olimpiada mezboni uchun bu anchagina salbiy natija hisoblanadi.

Yana bir o`yinda Porgugaliya olimpiyachilari Argentinani 2:0 hisobida mag`lub qildi va musobaqani ishonchli g`alaba bilan boshladi.

Qit`adoshlarimiz sanalgan Janubiy Koreya Fijini 8:0 hisobida “yanchib” tashlagan bo`lsa, Yaponiya kutilmaganda 4:5 hisobida Nigeriyaga taslim bo`ldi. Quyida ilk turning barcha natijalari bilan tanishing:

Rio–2016 futbol musobaqasi. 1-tur uchrashuvlari

“A” guruhi

Iroq – Daniya 0:0
Braziliya – JAR 0:0

 “Bguruhi

Shvesiya – Kolumbiya 2:2
Nigeriya – Yaponiya 5:4

“S” guruhi

Fiji – Janubiy Koreya 0:8
Meksika – Germaniya 2:2

Dguruhi

Gonduras – Jazoir 3:2
Portugaliya – Argentina 2:0

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!