Irlandiya polisiyasi tomondan noma`lum uchar jism qo`lga olindi

10:03, 05 avgust

Irlandiya polisiyasi noma`lum uchar jismning ketidan quvdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Irlandiyaning Gori shahri ko`chalaridan birida  noma`lum uchar likopcha paydo bo`ldi. Polisiya noma`lum uchar jism fuqarolar hayotiga xavf tug`dirishi mumkinligini hisobga olib, uni quvishga tushdi. Bir soat davom etgan quvishdan keyin, polisiyachilar uchar likopchani to`xtatishga muvaffaq bo`lishdi. Surushtiruvlar natijasida uchar likopchani mahalliy rassomlardan biri boshqarayotganligi aniq bo`ldi. U uchar jismni tematik festival uchun tayyorlab, festival o`tkazilayotgan joyga yo`l olgan ekan. Tekshirish jarayonida uchar likopcha aholi uchun hech qanday xavf tug`dirmasligi aniqlandi. Ammo polisiyaning noma`lum uchar jismni quvayotgani aks etgan video lavha bir lahzada ijtimoiy tarmoqda mashhur bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!