UMS O`zbekistondagi faoliyatini to`xtatishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

10:23, 05 avgust

Kecha, 4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali UMS aloqa operatorining O`zbekistondagi faoliyati to`xtatilishi haqida mish-mishlar paydo bo`ldi.

Kompaniya o`z rasmiy sayti orqali mazkur mish-mishlarga munosabat bildirdi

"Universal Mobile Systems" Mas`uliyati cheklangan jamiyati o`z faoliyatini 2029 yil yakunigacha berilgan uyali aloqa xizmatlarini ko`rsatish lisenziyasi asosida olib bormoqda.

Kompaniya mobil operatorning barcha xizmat va servislarini ko`rsatmoqda, yangi abonentlarni ulash va amaldagi mijozlarga xizmat ko`rsatish ishlarini amalga oshirmoqda.

Salmoqli salohiyatga ega UMS uzoq muddatli rivojlanish rejalarini barcha yo`nalishlar bo`yicha tatbiq etishni davom ettiradi va o`z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga alohida e`tibor qaratadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!