OAVlar Demi Murning Britaniya shahzodasi bilan aloqasi haqida xabar tarqatdi

10:35, 05 avgust

Gollivud aktrisasi Demi Murning Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning o`g`li shahzoda Endryu bilan ishqiy aloqada ekanligi haqida OAVlar xabar tarqatdi, deb ma`lumot berdi “Lenta.ru”  nashri.

Manbaning ma`lumot berishicha, 53 yoshli Demi Mur 56 yoshli Vindzor bilan bundan to`qqiz oy ilgari Londonda o`tkazilgan xayriya kechalaridan birida tanishgan.

Elizaveta II o`g`lining uch marta turmushga chiqib ajrashgan, giyohvand modda va spirtli ichimlik iste`mol qiladigan kinoyulduzga bo`lgan muhabbatidan norozi bo`lgan.

Demi Mur uch marta: rok musiqachi Freddi Murga, keyin aktyor Bryus Uillisga va Eshton Kutcherga turmushga chiqqan. Bryus Uillisdan uch nafar qizi dunyoga kelgan.

Shahzoda Endryu  Elizavet II ning ikkinchi o`g`li bo`lib, hisob bo`yicha uchinchi farzandidir. U 1996 yilda turmush o`rtog`idan ajrashgan. Britaniya taxtining vorisligi bo`yicha oltinchi o`rinda turadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!