Ueyn Runi talonchilar qurboniga aylandi

10:48, 05 avgust

Angliya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runining 6 million funtlik dang`illama uyiga o`g`rilar kirishga urindi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, niqob taqib olgan jinoyatchilar futbolchining uyiga kirishga uringanida, xonadonga o`rnatilgan signalizasiya ishlab ketdi va qisqa vaqt ichida uchta polisiya mashinasi va vertolyot voqea joyiga etib keldi.

Hodisa ro`y bergan vaqtda Ueyn Runi, uning turmush o`rtog`i va uch nafar o`g`li “Old Trafford” stadionida, futbolchining hayriya o`yinida bo`lgan.

Tartibbuzarlarni topish maqsadida polisiya xodimlari itlarni Runining bog`iga qo`yib yuborgan. O`g`rilar signalizasiya ishlab ketgan vaqtda g`oyib bo`lgani ma`lum qilinmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!