Nyu-Yorkdagi xiyobonlardan birida Instagram fitnes yulduzining jasadi topildi

11:36, 05 avgust

Xauard-Bich metro stansiyasi yaqinidagi Spring-Krik xiyobonidan Instagram ijtimoiy tarmog`ida mashhur bo`lgan nyu-yorklik fitnes-bloger Karina Vetranoning jasadi topildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Qiz har kuni bu erda jismoniy mashqlar, yugurish bilan shug`ullangan. Polisiyaning aniqlashicha, unga jismoniy zo`rlik ishlatilib, keyin bo`g`ib o`ldirilgan. 

30 yoshli Karinaning otasi Filip Vetrano qizining kechga qolayotganidan xavotirlanib, polisiyaga murojaat qilgan va qidiruvda o`zi ham ishtirok etgan.

Instagram akkauntida fitnes muxlislari bo`lgan 12 ming foydalanuvchi bo`lgan, qiz muntazam ravishda jismoniy mashqlarni bajarayotgani aks etgan suratlarni joylashtirib borgan.

Filip Vetranoning polisiyaga bergan ma`lumotiga ko`ra, taqiqlashiga qaramay, qizi odam kam bo`lgan xiyobonda jismoniy mashqlar bilan shug`ullangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!