Parazitlar: kelib chiqish sababi, oqibati va davolash usullari

12:10, 05 avgust

Hozirgi kunda odamlar, hayvonlar  va o`simliklarning  hisobiga yashovchi parazitlarning  15 mingdan ziyod turi  ma`lum va insonlarda ko`prok  askaridalar, ostrisalar, qilbosh gijjalar uchraydi. Gelmintlar odam organizmining nafas olish, ovqat hazm qilish, muskul sistemasida, jigar, o`t pufagi, taloq, kon, miya, ko`z va boshqa organlarida parazitlik qiladi.

QAERDAN YuQADI?
Parazitlar turiga qarab turli usullarda yuqishi mumkin. Masalan, askaridalar asosan qo`lini yaxshi yuvmaydigan bolalarda ko`p uchraydi. Ostrisalar esa odamga  iflos qo`llar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda og`iz va burunga tushadigan  chang orqali ham yuqishi mumkin. 

KASALLIK QANDAY NAMOYoN BO`LADI?
Gijjalarning xili, soni va qaysi organda parazitlik kilishiga qarab kasallik har xil kechadi. Parazitlar bilan zararlangan  odamning vazni kamayadi, qorinda og`rik, ko`ngil aynishi, ich ketishi yoki bosh aylanishi, jizzakilik paydo buladi. Gijja ichakda bo`lsa – ich qotadi yoki ich ketishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish holatlari kuzatiladi. Jigarda bo`lsa-ko`z oqi va badan sarg`ayadi, shish paydo bo`ladi, badanga har xil dog`lar tushishi mumkin. O`pkada bo`lsa- isitma chiqishi va yo`tal paydo bo`lishi mumkin.
Shuningdek, odamning mehnat qobiliyati pasayadi, bolalarda rivojlanish orqada qoladi, yaxshi o`smaydi, xotira pasayadi, uyqusi notinch bo`ladi va hakozo.

XALQ TABOBATIDA GIJJALARDAN QUTULISh USULLARI
•  3 bo`lak sarimsoqpiyozli 1 piyola  qaynatilgan iliq suv nahorga ichiladi — 3 kun.
•  Dastarbosh giyohi, bo`yimodaron, erman, qalampirmunchok aralashmasidan 1 osh qoshik olib, 1 litr qaynoq suvda damlaymiz. Har kuni ovqatdan oldin 3 mahal  1 piyoladan ichiladi — 3kun.
•  Oshqovok urug`ini maydalab 1 osh qoshiqdan  kuniga 3 mahal iste`mol qilinadi —  3 kun.
•  Yarim litr sutni 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz bilan qaynatib, 10 daqiqa tursin  keyin sovutib iliq holatda  kechqurun  huqna  (klizma) qiling. Davolash muddati  1 hafta.

ESLATIB O`TAMIZ:
Xalk tabobati ustalari parazitlarni haydashda bemorga muolaja o`tkazishdan oldin 24 soat  ovqat emaslikni tavsiya etishadi.

DORILARDAN EHTIYoT BO`LIB FOYDALANING!
•  Parazitlarga qarishi dori preparatlaridan Gelmintoks-250, Mariton (Hindiston),  Zentel, Kyuravorm (Hindiston)  va shuningdek  gijja haydovchi Pijma va Kassia urug`i va boshqalar mavjud.
Dori qabul qilgandan keyin  gijjalar halok bo`layotib o`zidan zaharlanish chiqaradi, shu sababli  organizm zaharlanmasligi uchun dezintoksikasion preparatlar qabul kilish kerak. Masalan, Smekta va boshqalar.

Darvoqe
Kasallik  xar bir odamda individual tarzda kechadi, shuni hisobga olgan holda, qanday davolanish muolajasini olishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashishni unutmang!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!