Zidanning “Real”dagi maoshi ikki barobarga oshirildi

12:34, 05 avgust

Madridning “Real” jamoasi rahbariyati klub bosh murabbiyi Zinedin Zidanning kelishuvidagi moliyaviy shartlarini yaxshiladi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri ma`lum qilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, fransiyalik 44 yoshli mutaxassis yiliga 5,5 million evro maosh oladi. Uning avvalgi maoshi esa 2,7 million evro bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, Zidan o`tgan mavsumning yarimida “Real”ni o`z boshqaruviga olgan va jamoani EChL g`olibiga aylantirdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!