GM Uzbekistan Qozog`istonga Ravon R2 avtomobillarini etkazib berishni boshladi

14:38, 05 avgust

GM Uzbekistan QK 25 iyul kuni Qozog`istonga Ravon R2 avtomobillarining birinchi partiyasini jo`natdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook`dagi sahifasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

3 avgust kuni esa R2 avtomobillarining ikkinchi partiyasini Rossiyaga jo`natish ishlari boshlandi. Yaqin kunlarda Nexia R3 modelining birinchi partiyasi ham yuboriladi.

General Motors avtomobillari ichida R3 «Era-Glonass» (avariyali vaziyatlarda favqulodda javob qaytarish tizimi) moduli sertifikatiga ega bo`lgan birinchi model bo`ldi.

Rossiyaga may oyida avtomobillarni etkazib berishdagi tajribalar hisobga olingan holda kompaniya logistika va etkazib berishni takomillashtirish uchun bir qator choralarni qo`lladi, deyiladi xabarda.

Yil davomida QK MDHning boshqa etakchi bozorlarida ham Ravon brendining dilerlik tarmoqlarini kengaytirish ishlarini davom ettiradi. Jumladan, avgustda brend Ukrainada namoyish etiladi.

Bundan tashqari, modellar qatorini yangilash bo`yicha ham ishlar davom ettiriladi. Taqdimoti bo`lib o`tgan R2, R3 va Gentra modellaridan tashqari, bir vaqtning o`zida barcha bozorlarda Ravon R4 yangilangan modelini taqdim etish rejalashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!