Ronaldu, Beyl va Grizmann Evropaning eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun kurashadi

15:13, 05 avgust

Evropa futbol ittifoqi (UEFA) 2015/16 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun 3 ta nomzodni e`lon qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma`lum qilindi.

Kuchli uchlikka "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va yarim himoyachisi Garet Beyl hamda "Atletiko" hujumchisi Antuann Grizmann kirdi.

Jyurilar kengashida odatdagidek UEFAga a`zo 55 mamlakat jurnalistlari ishtirok etdi. Har bir jyuri besh nafar eng kuchli futbolchi nomini ma`lum qilgan. Birinchi o`rin uchun besh ochko, ikkinchi o`rin uchun to`rt ochko, uchinchi o`rin uchun uch ochko va hokazo tarzda taqsimlangan.

Qayd etish kerakki, “Barselona” etakchilari Lionel Messi va Luis Suares ushbu ro`yxatdan joy ola bilmadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!