Rashid Xoliqov o`g`lining klipida rol o`ynadi

15:20, 05 avgust

Klipmeykerlar Nozim Jumaev hamda Jasur Shametovlar hamkorlikda yangi klip suratga oldi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” xabar bermoqda. 

Mazkur klip O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqovning o`g`li, yosh xonanda Sanjar Xoliqovning “Erkatoyim” qo`shig`iga ishlangan.

Klipdagi rollardan birini Rashid Xoliqov ijro etgan bo`lib, video ketma-ketlik syujet yo`nalishida ishlangan.  Yangi ijod mahsuli yaqin kunlarda TV efirlarida namoyish etilishi kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!