Qirg`izistonda Rossiyaga qarshi ko`tarilgan isyonning 100 yilligi munosabati bilan avtopoyga o`tkazildi

15:43, 05 avgust

Qirg`izistonda mamlakat prezidenti Almazbek Atambaevning qo`llab-quvvatlashi natijasida Rossiyaga qarshi ko`tarilgan isyonning 100 yilligiga bag`ishlangan avtopoygaga start berildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Avtomobillar kolonnasi Chuy va Issiqko`l viloyatlari bo`ylab yo`lga tushdi va yo`lda turli xotira tadbirlari o`tkazildi.

“Bu yil ilk marotaba 1916 yil voqealariga bag`ishlangan tadbir davlat miqyosida keng nishonlanmoqda. Davlat tashkilotlariga “Omur kochu — 100” (“Umr karvoni — 100”) avtopoygasini yuqori darajada o`tkazish uchun turli ko`rsatma va topshiriqlar berildi”, dedi Almazbek Atambaev avtopoyga ishtirokchilariga.

Mamlakat rahbari avtopoyga ishtirokchilariga ajdodlar xotirasi oldida mas`uliyatli vazifani a`lo darajada uddalashlari lozimligini ta`kidladi.

Iyul oyida Qirg`izistonda 1916 yil voqealariga bag`ishlab yozilgan musiqa asarlari tanlovi o`tkazilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!