Aktrisa Lola Eltoeva reklama va kliplarda suratga tushmasligini izohladi

15:49, 05 avgust

Aktrisa Lola Eltoeva rol tanlaydigan aktrisalardan. Lola Eltoevaning reklama va kliplarda deyarli suratga tushmasligi ham so`zimizning yaqqol isbotidir. Aktrisa mazkur holatni “kinorama.uz” saytiga bergan intervyusida quyidagicha izohladi:

“Hozircha tushgan takliflarga rad javobini beryapman. Bu yo`q, men klip va reklamalarda rol ijro qilmayman, degani emas. Agar har tomonlama meni qoniqtiradigan ssenariy bo`lsa, klip yoki reklamaga tanlangan mavzu meni qiziqtirsa, kichkina epizod bo`lsa-da, yurakni jizzillatadigan nimasidir bo`lsa men uni ijro etaman. Kichkinagina ikki minutlik reklamaga ham butun boshli asarday qarayman. U butun vujudimni shunday qamrab olishi kerakki, men ijro qilgan rolimdan qoniqishim lozim. Qanday rol bo`lishidan qat`iy nazar ijodkor sifatida mening ochilmagan qirralarimni namoyon qilishi kerak. Mabodo shunaqa ta`sirli rol taklif qilishsa, o`ylab ko`rishim mumkin”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!