O`zbekiston termasi Afrika jamoasiga qarshi kuch sinashadi

17:16, 05 avgust

Jahon chempionati–2018 saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi 24 avgust kuni Toshkentda Burkina-Faso termasi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi. O`yin “Bunyodkor” stadionida o`tkaziladi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

24 avgust kuniga belgilangan O`zbekiston–Yaman uchrashuvi Yaman Futbol Federasiyasining tashabbusi bilan boshqa kunga qoldirilish so`ralgan. Ammo ikki terma jamoaning o`zaro kelishuviga ko`ra ushbu o`yin o`tkazilmaydigan bo`ldi. Yaman Futbol Federasiyasi bosh kotibi Hamid Al-Shayboniy imzolagan maktubda aytilishicha, Sano xalqaro aeroportidagi ahvol yomonlashgan va vaziyat o`nglangmaguncha futbolchilar mamlakatni tark eta olmaydi. Shu sababli Yaman futbol federasiyasi uchrashuvni boshqa kunga ko`chirishni so`rab, O`zbekiston tomonining to`g`ri tushunishiga umid bildirgan.

Burkina Faso bilan o`rtoqlik o`yiniga tayyorgarlilar doirasida Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig`inini 20 avgust kuni boshlaydi.

Eslatib o`tamiz, JCh–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichida O`zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy olgan bo`lib, Eron, Janubiy Koreya, Suriya va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi. Milliy termaning uchinchi saralash bosqichidagi birinchi o`yini 1 sentyabr kuni Toshkentda, Suriya terma jamoasiga qarshi o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!