Poezd Toshkentdan Buxoroga 3,5 soatda etib boradi

10:57, 06 avgust

Tezyurar poezd Toshkent va Buxoro o`rtasidagi 620 km masofani 3,5 soatda bosib o`tadi, deb xabar berdi “Gazeta.uz” nashri .

Samarqand-Buxoro uchastkasida 2015 yilda boshlangan tezyurar poezdlar harakatini tashkil etish loyihasi yakunlanish arafasida.

O`zA xabariga ko`ra, yo`lovchilar Buxoroni poytaxtdan ajratib turgan 620 km masofani 3 soatu 30 daqiqada bosib o`tishlari mumkin.

Loyiha doirasida 140,2 kilometrlik yangi Maroqand-Navoiy uchastkasi qurildi. Navoiydan Buxorogacha bo`lgan temir yo`li 160 km/soat tezlikka moslashtirildi.

Tarmoqda 220 dan ziyod turli inshootlar — piyodalar o`tish yo`llari, yo`l o`tkazgichlar, ko`prik va stansiyalar barpo etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!