Fransiyadagi barlardan biridagi yong`in oqibatida 13 kishi halok bo`ldi

11:03, 06 avgust

Normandiya xududida joylashgan Ruan shahrining Cuba Libre barida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 13 kishi halok bo`ldi, 6 kishi yaralandi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

Xabarga ko`ra, avvaliga Cuba Libre baridan portlash ovozi eshitilgan, keyin yong`in chiqqan. Yoshlar tor doirada tug`ilgan kunni nishonlayotgani uchun bar yopiq bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlar yong`in qurboniga aylangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!