Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytadi

12:04, 06 avgust

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytishga qaror qildi. Bu haqda Argentina prezidenti Maurisio Marki ma`lum qildi, deb xabar bermoqda ESPN FC portali.

“Messi Argentina termasi sharafini JCh–2018 turnirida himoya qiladi. Leo dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Uning yordamida mamlakat termasi katta natijalarga erishadi”, – dedi Makri.

Avvalroq 29 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi – Edgardo Bausa bilan uchrashishi ma`lum bo`lgandi.

Messi katta ehtimollik bilan 30 avgust kuni Urugvayga qarshi kechadigan JCh–2018 saralashida maydonga tushadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!