Rio–2016. Diyorbek O`rozboev O`zbekistonga birinchi medalni taqdim qildi

09:15, 08 avgust

Rio–2016 Olimpiadasining dastlabki kun bellashuvlarida O`zbekiston olimpiya terma jamoasi a`zosi Diyorbek O`rozboev -60 kg. vazn toifasida O`zbekistonga birinchi bedalni taqdim qildi.

Bronza medali uchun o`tish bellashuvida braziliyalik Felipe Kitadini mag`lub etgan Diyorbek bronza medali uchun gruziyalik Amiran Papinashviliga qarshi tatamiga chiqdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv hamyurtimizning g`alabasi bilan yakunlandi. Bu Diyorbekning Olimpiada o`yinlaridagi birinchi medali bo`ldi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!