DAISh jangarilari 52 nafar iroqlikni yoqib yubordi, 4 nafarini otib o`ldirdi

10:19, 08 avgust

Iroqning Xavij shahrida DAISh jangarilari 52 nafar yosh yigitni yoqib yubordi, 4 nafarini esa otib o`ldirdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Nashrning ma`lumot berishicha, bu yigitlar jangarilar bosib olgan shahar aholisini qochishga da`vat etganlikda ayblanib, 6 avgust kuni qatl etilgan. Shahar 2014 yilning iyun oyidan beri DAISh jangarilari tasarrufidadir. Ilgari ham Xavij shahrida bo`lgan janglar vaqtida 85 nafar tinch aholi, shu jumladan ayollar va bolalar ham halok bo`lganligi xabar qilingan edi. 

Terrorchilar aholini o`zlari ishg`ol qilgan shahar hududidan chiqib ketishlariga yo`l qo`ymaydi, ulardan xalqaro koalisiya, Irmoq armiyasi va harbiy havo kuchlari hujumi paytida “tirik qalqon” sifatida foydalanishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!