Munisa Rizaeva orzusidagi turmush o`rtog`i qanday bo`lishi kerakligini aytdi

11:25, 08 avgust

Xonanda Munisa Rizaeva “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasida ishtirok etdi va o`z hayotiy qarashlari hamda orzulari haqida qisqacha gapirib o`tdi.

“Agar sevib qolsam, munosabatimni birinchi bo`lib izhor qilishdan uyalmayman. Aksincha, ko`nglim bo`lmagan odamga seni sevmayman, deb aytishdan qo`rqmayman”,—deydi xonanda sevgi borasida fikr yuritar ekan. 

Shuningdek, Munisa tasavvuridagi oilaviy surat haqida shunday deydi: 

“Turmush o`rtog`im gavdali, kelishgan yigit bo`lishini orzu qilaman. Xudo xohlasa, uch o`g`il, ikki qizimiz bo`ladi. Men o`sha paytda ham ishbilarmon ayol bo`lib yursam kerak”. 

Xonanda bilan suhbatning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 11 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!