Toshkentdagi Taraqqiyot ko`chasi bo`ylab harakat ochildi

11:34, 08 avgust

Toshkentda bahorda rekonstruksiya ishlari munosabati bilan yopilgan Taraqqiyot ko`chasi bo`ylab avtotransport harakati boshlandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.

Yo`ldan o`tgan tramvay liniyasi olib tashlanib, yo`l olti chiziqqa ega bo`ldi.

Ta`mirlash ishlari davom etmoqda — yo`l ishoralari hali chizilmagan, Mirzo Ulug`bek shoh ko`chasi bilan kesishadigan chorraha asfaltlanmagan, svetoforlar o`chirilgan, lekin, shunga qaramay, avtomobillar ikki tomonga erkin o`tib-qaytmoqda.

Yaqin vaqt ichida Taraqqiyot ko`chasining davomi bo`ladigan va uni Ohangaron shossesi bilan bog`laydigan yangi ko`cha ochilishi kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!