Rashid Xoliqov o`zini qattiq ta`sirlantirgan voqea haqida so`zlab berdi

12:18, 08 avgust

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov yaqinda hayotida ro`y bergan va xotirasida o`chmas iz qoldirgan ta`sirli voqeani so`zlab berdi. 
 
“Kuni kecha to`y xizmatlaridan uyga qaytsam, eshigim tagida notanish mashina turibdi. Mashinamni hovliga olib kirayotib, devkelbat bir kishi mashinadan tushib, men tomon kelayotganini ko`rdim. Yarim kechasi. Menimcha har qanday odam bunday paytda vahimaga tushishi mumkin. Men ham ko`nglimda ming xil xavotir bilan eshikni qulfladim. Erkak esa eshigimni taqillatdi. Undan sizga nima kerak deb so`radim. U farzandi og`ir betobligini aytib, mendan moliyaviy yordam sifatida biroz pul so`radi. Uni tushunishga harakat qilsam ham, kunduzi kelishini aytib, qaytarib yubordim. Ertasi kuni yana keldi. So`ragan pulini berdim. Afsuski, oradan bir hafta o`tib menga qo`ng`iroq qilib, farzandi jarrohlik xonasidan qaytib chiqmaganini aytdi. Juda achindim. U insonga farzandini ohirgi manzilga kuzatish uchun ham biroz yordam berib, xayrlashdim. O`sha voqeadan so`ng ancha vaqt o`zimga kelolmay yurdim”,—deydi Rashid Xoliqov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida. 

Xonanda bilan suhbatning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 11 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!