Doimiy ro`yxatga qo`yish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

12:24, 08 avgust

Toshkent shahriga doimiy propiska qilinishi mumkin bo`lgan shaxslardan qanday hujjatlar talab qilinadi?

U.Ochilov, Toshkent shahi

B.Shorixsiev, Ichki ishlar vazirligi XChK va FRB boshlig`i:

— Amaldagi me`yoriy hujjatlargako`ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinadigan fuqarolar tuman, shahar IIB XChK va FRBga quyidagi hujjatlarni:

•  Belgilangan shakldagi doimiy propiska qilish to`g`risida ariza;
•  Fuqarolik pasporti;
•  Kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchining yoki Qurolli Kuchlar ofiserining shaxsiy guvohnomasi;
•  Turar joy uchun hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
•  Uy-joy mulkdorlarining turar joy maydoni berishi to`g`risida notarial tasdiqlangan arizasi;
•  Tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
•  Ota-onasining o`limi haqidagi guvohnoma yoki ota-onasini deb, e`lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qarori nusxasi;
•  Mehnatga qobiliyatsiz bo`lgan hamda o`z oilasi (eri, xotini va farzandlari) bo`lmagan voyaga etgan tug`ishgan aka-uka va opa-singillar oxirgi yashash joyidan oilaviy ahvoli to`g`risida FHDYo organining ma`lumonomasi;
•  Vasiylik (homiylik)ni tasdiqlovchi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi;
•  Davlat boji to`langanlik to`g`risidagi kvitansiyani taqdim etadilar.

Shuningdek, mehnatga qobiliyatsiz, bolalikdan nogironlar, oltmish yoshga to`lgan erkaklar va ellik besh yoshga to`lgan ayollar, belgilangan tartibda birinchi va ikkinchi guruh nogironi deb topilgan fuqarolar, ushbu fuqarolar tomonidan tibbiy mehnat ekspert komissiyasi bergan ma`lumotnoma taqdim etadilar. 

Shuningdek, “Avtobezak uchun jazo bormi?”, “Pul jo`natmalarining narxi qancha?”, “O`qituvchi necha yilda malaka oshirishi kerak?”, “Bolalar uchun liboslar qanday tanlanadi?” kabi bir qator savollarga “Darakchi” gazetasining 11 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida javob olishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!