Pokistonda kasalxona portlashi oqibatida 30 kishi halok bo`ldi

12:58, 08 avgust

Pokistonning Kvetta shahridagi kasalxona portlashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Kasalxonadagi portlash paytida u erda huquqiy assosiasiya vakillari bo`lganligi sababli, halok bo`lgan orasida huquqshunos va jurnalistlar ko`p.

Portlash 8 avgust kuni tongda yuz bergan. Hozircha teraktni Pokistonda mavjud bo`lgan terrorchilik guruhlari o`z bo`yniga olmagan. Ilk xabarlarda 15 kishi halok bo`ldi, deyilgan bo`lsa-da, ammo keyinchalik ularning soni ikki barobarga oshgan.

Bulijiston advokatlar kollegasi assosiasiyasi prezidenti Bilol Anvar Qaysiyning o`ldirilishidan bir necha soat o`tgach, kasalxonada portlash yuz bergan. Kasalxonaga uning tanishlari, hamkasblari, jurnalistlar tashrif buyurgach, portlovchi qurilma ishga tushgan. Bir jurnalist, operator halok bo`lgan, yana bir jurnalist esa jiddiy jarohat olgan. Portlashdan keyin nom`lum shaxs odamlarga qarata o`t ochgan. Xavfsizlik xizmati xodimlari kasalxona hududini o`rab olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!