Toshkentda kvartiralar narxi arzonlashishda davom etmoqda

14:15, 08 avgust

Iyul oyida Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o`rtacha narx iyun bilan taqqoslanganda 2 foizga arzonlab, 599 sh. b. (shartli birlik)dan 588 ga qadar etdi. Mazkur ma`lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi “Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotda o`z ifodasini topdi. 

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 562 sh. b. dan 556 sh. b. ga (-1%) arzonlagan bo`lsa, g`ishtli uylar narxi — 653 o`rniga 635 sh. b. (-3%).

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo`lmoqda: bir xonali kvartiralar — 590 sh. b. (+1%), ikki xonali — 575 (-3%), uch xonali — 593 (-1%), to`rt xonali — 625 (-1%), ko`p xonali — 610 (o`zgarishsiz).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!