UMS aloqa operatorining logotipidagi tuxum belgisi olib tashlandi

14:42, 08 avgust

O`zbekistonning UMS aloqa operatori logotipidagi tuxum belgisi olib tashlandi. 8 avgust, dushanba kuni operatorning Facebook’dagi rasmiy sahifasida yangi logotip e`lon qilindi, deb yozadi “Daryo”. 

Kompaniya rasmiy saytida ham logotip o`zgargan — unda tuxumsiz, U, M va S harflaridan iborat savdo belgisini ko`rish mumkin. UMS logotip o`zgarishi yuzasidan Facebook’dagi rasmiy sahifasida ham, rasmiy saytida ham izoh bermagan.

O`zbekistonlik taniqli dizaynerlardan biri Azamat Shomuzaffarov esa kompaniyaning yangi logotipi qanday bo`lishi kerakligi borasida o`z takliflarini bildirgan:

5 avgust kuni UMS’ning muassislaridan biri hisoblangan Rossiyaning «MTS» kompaniyasi «bir qator biznes-sabablarga va boshqa shart-sharoitlarga ko`ra» UMS’dagi ulushini sotishga qaror qilgani ma`lum bo`lgan edi. O`zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligining ma`lum qilishicha, «MTS» o`z ulushini ixtiyoriy ravishda sotgan va uning O`zbekiston tomoniga hech qanday e`tirozi yo`q.

Ayni vaqtda, UMS o`z faoliyatini uzoq muddatli strategiya hamda 2029 yilga qadar mo`ljallangan uyali aloqa xizmatlarini ko`rsatish lisenziyasi asosidadavom ettirishini ma`lum qilgan. Kompaniya 2014 yilning 1 dekabrida O`zbekiston hududida mobil aloqa tarmog`i tijoriy ekspluatasiyasini yo`lga qo`ygan bo`lib, 2016 yil boshidagi holatga ko`ra abonentlari soni 1,095 milliondan oshgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!