“Yuventus” ishqibozlari Iguainning ortiqcha vaznidan tashvishga tushdi

14:52, 08 avgust

Italiya chempioni – “Yuventus” jamoasining muxlislari klubning yangi hujumchisi Gonsalo Iguainning jismoniy holatidan tashvishga tushmoqda.

Jamoa muxlislari argentinalik futbolchining “Vest Xem”ga qarshi o`yinida ortiqcha vaznga ega bo`lganini payqadi va bundan tashvishga tushdi. Uning hozirgi jismoniy holati ko`plab bahs-munozaralarga sabab bo`lmoqda.

Eslatib o`tamiz, “keksa sinora” 28 yoshli hujumchini “Napoli”dan 90 million evro evaziga sotib olgandi.  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!