Omborxonasida giyohvand modda saqlagan andijonlik shaxs qo`lga olindi

16:50, 08 avgust

Andijon viloyatining Izboskan tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbirlar natijasida 1969 yilda tug`ilgan, mahalliy aholiga mansub fuqaroning uyidagi omborxonasida 3 kilogramm 245 grammdan ortiq miqdordagi marixuana giyohvand moddasi yashirib qo`yilgani aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!