Rio–2016. Bokschi Rustam To`laganov chorak finalga chiqdi

22:45, 08 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslarida -91 kilogrammgacha bo`lgan vaznda o`zbekistonlik Rustam To`laganov ekvadorlik Xulio Sezar Kastiloga qarshi jang o`tkazdi.

Anchagina qiziqarli kechgan uchrashuvda To`laganov raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlarning yakdil qarori bilan 3:0 hisobida g`alaba qozondi.

Chorak finalda o`zbekistonlik sportchi Ozarbayjon vakili Abdulqodir Abdullaev bilan kuch sinashadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!