Rasman! “Manchester Yunayted” Pol Pogbani 105 mln evroga xarid qildi

08:38, 09 avgust

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi Italiya chempioni – "Yuventus"dan yarim himoyachi Pol Pogbani sotib olganini rasmiy saytida ma`lum qildi.

Fransiyalik 23 yoshli futbolchi kecha mankunianlarning Karringtondagi bazasida tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tdi va 5 yillik shartnoma imzoladi.

Futbolchining transferi uchun “qizil iblislar” 105 million  evro to`ladi va bu Pogbani dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!