Rio–2016. O`zbekistonlik bokschi Hasanboy Do`smatov Olimpiadani g`alaba bilan boshladi

08:59, 09 avgust

Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining boks bahslarida 49 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etayotgan o`zbekistonlik Hasanboy Do`stmatov ilk jangini g`alaba bilan yakunladi.

Meksikalik Xoselito Velaskesga qarshi kechgan bahsda O`zbekiston vakili hakamlarning yakdil qarori bilan 3:0 hisobida zafar quchdi.

Endi Do`smatov qozog`istonlik Birjan Jakipovga qarshi jang o`tkazadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!