Toshkentda “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog`i ish boshladi(Foto)

09:52, 09 avgust 2016

Toshkent shahrida yangi istirohat bog`i ochilayotgani haqida xabar bergan edik. 8 avgust, dushunba kuni Toshkentda yangi “Anhor-Lokomotiv” istirohat bog`i ochildi. 

“Gazeta.uz” istirohat bog`ining ochilish marosimidan fotoreportaj tayyorladi.   

  

Yangi istirohat bog`i Shayxontohur tumanida Anhor kanali bo`ylab Labzak va Zulfiyaxonim ko`chalari o`rtasida joylashgan.

  

Bog`da bolalar va kattalar uchun ko`plab attraksionlar mavjud. Eng yirik “Osmono`par” attraksionining balandligi 43 metrga teng.

  

O`yin maydonchalari, 320 o`rinli yozgi teatr, musiqa va yorug`lik diodli chiroqlarga ega favvora (suv 50 metrga qadar ko`tariladi), sun`iy suv havzasi, qoyaga chiqish mashqlari uchun devor va umumiy ovqatlanish nuqtalari mavjud. 

  

Bog` hududida O`zbekistonning asosiy diqqatga sazovor joylari maketi qurilgan, yopiq inshootda esa ulkan kartodrom hamda o`yin markazi joylashgan.

      

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!