Navoiy shahrida 5 qavatli “Yangi hayot” savdo majmuasi ish boshladi

10:55, 09 avgust

Bu erda yaratilgan 100 dan ortiq yangi ish o`rnida asosan kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar mehnat qilmoqda. 

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibor yangi ish o`rinlari yaratish, aholi farovonligini yanada oshirishda yuksak samaralar bermoqda, deb yozadi O`zA.

Prezidentimizning 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo`layotir. 

Tadbirkor Abdukarim Saksonov aholiga qulaylik yaratish, namunali savdo xizmati ko`rsatish maqsadida tijorat bankidan olingan qariyb 10 milliard so`mlik kredit va shaxsiy mablag`i evaziga zamonaviy savdo majmuasi barpo etdi. 

Besh qavatdan iborat inshootda oziq-ovqat, mebel va maishiy texnikalar, kiyim-kechak bo`limlari, ko`ngilochar o`yinlar va kinoteatr zallari o`rin olgan. Oziq-ovqat bo`limida non va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus sexlar tashkil etilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!