Yuragida tug`ma nuqsoni bo`lgan 4 nafar bola Koreya Respublikasida davolanib qaytdi

12:21, 09 avgust

“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi xayriya tadbiri doirasida Koreya Respublikasining «Junior Chamber International – JCI» xalqaro yoshlar tashkiloti moliyaviy ko`magida yuragida tug`ma nuqsoni bo`lgan bir guruh o`zbekistonlik bolalarning Janubiy Koreyadagi etakchi klinikalardan birida davolanishini tashkil etdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim ustuvor yo`nalishlaridan biridir. «Sog`lom avlod uchun» fondi ham ushbu xayrli ishga o`z hissasini qo`shmoqda. 

Fond o`z faoliyati davomida o`zbekistonlik bolalarni mamlakatimiz va xorijdagi eng yaxshi klinikalarda sog`lomlashtirishga doir turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Masalan, «Junior Chamber International – JCI» xalqaro yoshlar tashkiloti bilan hamkorlik samarasida 2008-2015 yillarda Janubiy Koreya mutaxassislari Cha universiteti qoshidagi «Pundan Cha» gospitalida yurtimizdan 56 bolani operasiya qildi. 

Yaqinda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida yuragida tug`ma nuqsoni bo`lgan 25 bola chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Ularning 4 nafari Cha universiteti qoshidagi «Pundan Cha» gospitaliga davolanish uchun yuborildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!