Namangan va Qo`qondagi soxta “Korzinka”lar faoliyatiga chek qo`yildi

13:21, 09 avgust

Davlat Raqobat qo`mitasi Korzinka.uz tovar belgisidan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo`ydi.

Ushbu tovar belgisi (Korzinka, Korzinka.uz, Korzinka) “ Anglesey food ”sho``ba korxonasi tomonidan Intellektual mulk agentligida ro`yxatga olingan bo`lib, uning intellektual mulki hisoblanadi.

Davlat Raqobat qo`mitasiga “ Anglesey food ” sho``ba korxonasining murojaati kelib tushgan bo`lib, murojaatda unga tegishli bo`lgan tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanilayotganligi ko`rsatilgan.

O`rganish davomida YaTT “Madaminov Z” tomonidan Qo`qon shahri, Xuvayda ko`chasi, 30 manzilda joylashgan savdo do`konida Korzinka tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil bo`lgan tovar belgilar ostida savdo faoliyati bilan shug`ullanayotganligi aniqlandi. Bu haqda 

Davlat Raqobat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shunga o`xshash yuqoridagi tovar belgisiga nisbatan bo`lgan xuquqning buzilishi Namangan shahrida “IBRATOMUZ QURILISH ” xususiy firmasi va “ SPEKTR SANOAT  SAVDO ” MChJ tomonidan, shuningdek Qo`qon shahrida xususiy tadbirkor “Madaminova Paridaxon” tomonidan amalga oshirilgan.

Davlat Raqobat qo`mitasi tomonidan tegishli ishlarning amalga oshirilishi natijasida qonunbuzarlik holatiga chek qo`yildi.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to`g`risida”gi qonuni 13-moddasiga muvofiq yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalaridan, tovarni individuallashtirish vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalangan holda tovarni realizasiya qilish insofsiz raqobat hisoblanadi va qonun bilan ta`qiqlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!