Onno-bugeysya — yapon camuray ayollari

13:52, 09 avgust

Onno-bugeysalar oddiy ayollar emas, balki oliy tabaqaga mansub, ko`rkam ayollar bo`lgan, deydi “Interesno.cc” nashri.  

Bunday ayollarga uylanishning foydali tomonlari ko`p bo`lgan, chunki yonida turmush o`rtog`i bo`lmasa ham onno-bugeysyalar nafaqat uyini, oilasini himoya qilgan, balki dushmanni tor-mor qilishga ham qurbilari etgan.

Ularni “samuray ayollar” deb atash odabdan emas, chunki “samuray” degan nom faqat erkaklarga berilgan. Ayollar esa “onno-buneysyalar” deb atalgan. Ular jangda erkak samuraylar bilan barobar ishtirok etganlar. Ammo ularning vazifasi jang qilish emas, oilasini, uyini, nomusini saqlash va farzandlariga jang san`atini o`rgatish bo`lgan.

Ilgarilari erkak samuraylar uzun qilichdan, ayollar esa nayzadan foydalanishgan. Uyiga bostirib kirgan  “chaqirilmagan mehmon” ga hujum qilish ayol zimmasiga yuklatilgan. O`qish jarayonida onno-bugeysyalarga nayzada, arqonda, xanjarda va zanjirda jang qilish sirlari o`rgatilgan. Onno-bugeysyalar jang qilish va otish uchun beliga kichkina xanjar (kayken) taqib yurishgan. Qiz bola12 yoshga etganda balog`at yoshiga etgan hisoblanib, marosim o`tkazilgan. Aynan shu marosimda unga kayken hadya etilgan.

Yaponiyada erkak jangchilar kamayib ketganligi bois, ehtiyotkorlik chorasi sifatida ayollarga jang san`ati o`rgatilgan. Yaponiya tarixida Yamato sulolasi (eramizdan oldingi 170-269 yillar) 14-hukmdorining rafiqasi Hoqon Dzingu eng kuchli “ayol samuray” sifatida nom qozongan. Erining vafotidan keyin u o`g`li Odzinga hukumat ishlarida yordam berib, 70 yil davomida mamlakatni boshqargan. U Silla Janubiy Koreya davlatiga qarshi qo`shin tortgan bo`lsa, Pekche Janubiy Koreya davlati bilan diplomatik munosabatlar o`rnatgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!