Oksana Chusovitina: Meni buvijon deb chaqirishyapti

15:52, 09 avgust

Ettinchi marotaba Olimpiada o`yinlarida ishtirok etayotgan dunyodagi yagona gimnastikachi – o`zbekistonlik Oksana Chusovitina o`zining jismoniy imkoniyatlari bilan Rioda ham hammani hayratga solmoqda.

41 yoshli sportchi “o`zining gimnastikada uzoq umr ko`rish” sirini ochgisi kelmadi. Biroq, Oksana o`z fikrlarini bildirishdan tortingani yo`q, deb xabar berdi Sports.uz nashri.

“Men bu yutuqlarga qanday erishayotganimni bilmayman. Sportni qattiq sevganim sababli shu erdaman. Bu erda meni kimlardan buvijon deyapti. Lekin musobaqada hamma bir. Sen 17 yasharmisan yoki 40 yoshni urib qo`ydingmi, farqi yo`q. Men yoshim haqida o`ylamayman. Faoliyatimni o`zim tug`ilib o`sgan yurt sha`nini munosib himoya qilib yakunlamoqchiman”, – dedi Oksana Chusovitina. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!