Jim Kerrining rossiyalik qiyofadoshi topildi

10:24, 10 avgust

Gollivud aktyori Jim Kerri Reddit ijtimoiy tarmog`ida o`zining rossiyalik qiyofadoshini ko`rib, hayratini yashira olmadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Mashhur yulduzning yoshligiga o`xshaydigan erkak, taxminlarga ko`ra Rossiyada yashaydi. Hozircha uning shaxsi aniqlanmagan. Google dagi qidiruvlarga qaraganda, surat Rossiyadan olingan qiziqarli rasmlar joylashtiriladigan English Russia mikroblogida juda mashhur bo`lgan. 7 avgust kuni Reddit ijtimoiy tarmog`iga Jim Kerriga ikki tomchi suvday o`xshaydigan erkakning surati joylashtirilgan. Ammo u kim tomondan, qaerda suratga olingani haqida izoh berilmagan.

TMZ tabloidi jurnalistlari Jim Kerrini Los-Anjeles aeroportida kutib olib, unga bir necha savollar bilan murojaat qilishdi. Qiyofadoshining suratini tomosha qilgan Jim Kerri : “Ajoyib yigit, agar mehmonga taklif qilsa, jon deb borgan bo`lardim”, deb javob berdi. 

2016 yilning yanvar oyida OAVlar Leonardo Di Kaprioning rossiyalik qiyofadoshini topishgan edi. U Podolsk shahrida yashovchi, FVV xodimi Roman Bursev bo`lib chiqqandi. Iyul oyida Roman Bursev “Pyat ozyor” reklamasining qahramoniga aylandi, u reklamada Di Kaprioning ruscha qiyofasini yaratdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!