Oltiariqlik bog`bon bir tup olma daraxtidan 25 xil navli hosil olish usulini yaratdi

10:43, 10 avgust

Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi dehqon Abduvahob Mirzajonov yangilikka qo`l urdi va buning uddasidan chiqdi.

Mirishkor dehqon bir tup olmada bir yoki ikki turdagi emas, naq 25 xilga yaqin navli hosil etishtirmoqda, deb yozadi “Uz24”.

Olmalarning tusi, shakli-shamoyili bir-biriga o`xshamaydi.

"Doimo harakatda, izlanishdaman. Payvandlash usuli yangi va hosildor navlarni yaratishda qo`l kelyapti", deydi Abduvahob Mirzajonov.

Shuningdek, dehqonning yana bir tajriba daraxtida olxo`rining 3 xil, o`rikning 2 xil navi etishtirilmoqda, xandon pista ko`chatlari mahalliy sharoitda ko`paytirilyapti, subtropik meva turi - kivi ham o`stirilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!