Farzand ko`rishni istayotgan juftliklar qiladigan asosiy 10 xato

11:25, 10 avgust

Farzand ko`rishni istayotgan er-xotin, quyidagi ko`pchilik qiladigan xatolardan xabardor bo`lishi yaxshi bo`lar edi.

1. Jinsiy aloqani muntazam ravishda qilmaslik. 
Jinsiy aloqani faqat ovulyasiya kunlari qilish homilador bo`lish imkoniyatini oshiradi yoki uzoq vaqt jinsiy aloqada bo`lmay turib aloqa qilganda spermatozoidlar kuchi oshadi degan xato fikrlar ba`zi juftliklkarni yo`ldan uradi. Aslida jinsiy aloqa muntazam ravishda juftliklarni xohish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishi lozim.

2. Tez-tez jinsiy aloqada bo`lish.
Albatta muntazam ravishda bo`ladigan jinsiy aloqa homiladorlik yuz berishi uchun yaxshi yo`l. Lekin muntazamlik bilan ko`plik har xil narsa. Juda ko`p, masalan, kuniga bir necha marta aloqada bo`lish spermatozoidlarning urug`lantirish kuchini yo`qqa chiqarishi mumkin.

3. Aloqani bir holatdagina amalga oshirish.
Ayol va erkaklarning jinsiy a`zolari shakli va razmeri har xil bo`lgani tufayli, biron ayolga homilador bo`lish uchun bir holat to`g`ri kelsa, ikkinchi ayolga bu holat homilador bo`lishga hatto to`sqinlik qilishi ham mumkin. Shuning uchun aloqani har xil holatlarda amalga oshirgan ma`qul.

4. Bepushtlikni sababini ayoldan izlash.
Ko`pincha oilalarda uzoq vaqt farzand bo`lmagan davrda ayollar davolanishni boshlaydiar. Lekin statistikaga qaraganda bepushtlikni sababchilaridan 40% erkak kasalliklariga to`g`ri kelar ekan. Shuning uchun davolanishni ko`zda tutgan juftliklar uni birgalikda boshlashlari maqsadga muvofiq bo`ladi.

5. Ovulyasiya haqida bexabar bo`lish.
Ovulyasiya davri - homilador bo`lish uchun eng kerakli davr hisoblanadi. Aynan o`sha davrda bo`lgan jinsiy aloqa natijasi homiladorlikka olib keladi. Ba`zida ayollar ovulyasiya davrini hayz ko`rgan kunidan 14 kunni sanab belgilaydilar. Lekin bu hato. Hayz sikli turlicha bo`lgani kabi ovulyasiya davri ham hammada har xil keladi. Shuning uchun uni aniq bilish talab etiladi (Ovulyasiyani bilish yo`li).

6. Jinsiy aloqani aynan ovulyasiya kuni qilish.
Ovulyasiya kunini aniq bilgan taqdirda ham, aloqani undan oldin va bir-ikki kun o`tgach qayta qilish tavsiya etiladi. Chunki urug`lanishga tayyor bo`lgan ayol tuxum xujayrasi 24 soat davomida urug`lanishga moyil bo`ladi.

7. Kimyoviy kontratsepsiya vositalardan foydalanish.
Ba`zi lyubrikantlar uzoq vaqt mobaynida spermatozoidlarni nobud qilish xususiyatiga ega bo`ladi.

8. Shifokorga shoshilish.
Ayol turmushga chiqib 3-4 oy o`tgach shifokor qabuliga shoshiladi. Tezroq davolanib tezroq farzandli bo`lishni istaydi. Lekin normada kamida 1 yil birga yashab muntazam ravishda jinsiy aloqada bo`lgan er-xotinda ham homiladorlik yuz bermasligi mumkin. Shoshib shifokorga borib kerakmas, ba`zida zararli muolajalarni qabul qilish noto`g`ri hisoblanadi. Yaxshisi, 1 yil kutib keyin biron chora ko`rish kerak.

9. Umumiy salomatlikka ahamiyat bermaslik.
Farzand ko`ra olmayotgan juftliklar asosan o`z reproduktiv salomatlliklariga ahamiyat beradilar. Lekin erkak va ayolning umumiy salomatligi ham farzand ko`rishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, o`gir vazn, stress, chekish, ba`zi dori-vositalarni qabul qilish kabi holatlar ham homiladorlik yuz berishiga to`sqinlik qilishi mumkin.

10. Faqat homiladorlik haqida o`ylash.
Shunday juftliklar borki, ular uchun jinsiy aloqa homilador bo`lish uchun navbatdagi imkoniyatdek qabul qilinadi. Aloqalar soni, holatlar, ovulyatsiya davri, hayz sikli kabi mavzular er-xotin uchun asosiy suhbat mavzusiga aylanadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, ayolning psixologik holati ham homilador bo`lish uchun juda muhim jihatdir. Er-xotin o`zini biron yoqimli faoliyat bilan band qilib, homiladorlik haqida o`ylamay, hayz kunlarini sanamay yashashni o`rganishlari kerak.

Manba: Uzbaby.uz

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!