O`zbek kimyogari saratonga qarshi noyob dori vositasini yaratdi

12:31, 10 avgust

Olim, kimyo fanlari doktori Zulfiya Mahmudovna Enikeeva dunyoda o`xshashi bo`lmagan saratonga qarshi noyob dori vositasini yaratdi. Ushbu dori vositasi e`tirofga sazovor bo`lishi uchun 16 yil kerak bo`ldi. Bu haqda “kun.uz” xabar bermoqda
 
"U o`ylab topgan dori vositasi o`nlab, yuzlab bemorlarga yordam berganidan keyingina Zulfiya Mahmudovnaga professor unvoni berildi. Kimyo fanlari doktori Zulfiya Mahmudovna Enikeeva - men hurmat qiladigan insonlardan biri", - deydi Leyla Nazarova. 
 
Kimyo fanlari doktori, biologiya fanlari doktori, professor  Valeriy Tatarskiy ham Enikeeva ishlab chiqqan kimyoviy dori vositalarining tez orada klinik onkologiyada qo`llanishidan chin dildan xursand ekanini bildirdi. 
 
"Men uzoq yillar davomida Z.M.Enikeeva bilan ilmiy labaratoriyada ish olib bordim va uning moliyaviy hamda tashkiliy muammolarni qanday qat`iylik bilan engishining guvoh bo`ldim. 2000 yillarning boshida ishlab chiqilgan kimyoviy preparat, nihoyat qo`llashga targ`ib qilinmoqda. Zulfiya Mahmudovnaning sharofati bilan ko`plab onkologik bemorlar muvaffaqiyatli davolanish muolajalarini olishdi. Qadrli Zulfiya, bugungi kunda onkologiya amaliyotida talab katta bo`lgan intellektual mulkingning amalda tatbiq etilishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman! Sen buyuk insonsan, sen bilan faxrlanaman!", - deya ta`kidlaydi Tatarskiy.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!